«Yuventus» forvard Dushan Vlaxovich bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Serbiyalik futbolchi avvalroq o'zini jamoadagi eng ko'p maosh oluvchi o'yinchiga aylantirishi mumkin bo'lgan ikki yillik shartnomani rad etgan edi.

Dushan Vlaxovichning «Yuventus»dagi kelajagi atrofidagi vaziyat keskin o'zgardi. Agar ilgari Turin klubi hujumchini olib qolish uchun yon berishlarga rozi bo'lgan bo'lsa, endi tashabbus «byankoneri» tomonida va agar serbiyalik forvard jamoada qolishni istasa, klub shartlarini qabul qilishiga to'g'ri keladi. Tuttomercatoweb xabariga ko'ra, Vlahovich 3 iyun kuni «Yuventus»ning yangi ikki yillik shartnoma haqidagi taklifini rad etganidan so'ng tomonlar o'rtasidagi muzokaralar berk ko'chaga kirib qolgan. Serbiyalik futbolchiga taklif qilingan kelishuv bir mavsum uchun 7 million evrodan ortiq maoshni ko'zda tutgan edi. Bu uni jamoadagi eng yuqori maosh oluvchi o'yinchiga aylantirishi hamda shartnoma imzolangani uchun kattagina bonus keltirishi mumkin edi.

Biroq hujumchi «yo'q» deb javob berdi. U Evropadagi top-klublardan yanada manfaatliroq takliflar topishiga ishongan edi. Ammo Vlaxovichning kutilmalari o'zini oqlamadi. Top-5 Evropa ligalari grandlari tomonidan real qiziqish bo'lmadi. Yuqori darajada faoliyatini davom ettirish uchun variantlar unchalik ko'p emasligini tushunib etgan forvard «Yuventus» bilan muzokaralarga qaytishga urindi, ammo klubning qat'iy pozitsiyasiga duch keldi.

Endi «Keksa sinora» rahbariyati o'z shartlarini o'tkazmoqda. Manba xabariga ko'ra, «Yuventus» endi Vlaxovichga shartnoma imzolangani uchun beriladigan bonusni taklif qilmoqchi emas. Bundan tashqari, klub endi serbiyalik futbolchiga yiliga 6 million evro to'lashga tayyor. Bu esa Kenan Yildiz olayotgan maoshdan ham kamroqdir.

Manba: Stadion.uz