«Yuventus» va «Tottenxem» darvozabonlar almashinuvini amalga oshirishi mumkin.

Turinliklar Gulelmo Vikarioni o'z safiga qo'shib olishni istamoqda va buning evaziga Mikele Di Gregorioni jamoadan qo'yib yuborishga tayyor. Bu holat ikki klub o'rtasida o'zaro almashinuv imkoniyatini yuzaga keltirmoqda.

Mikele Di Gregorio «Yuventus» sharafini 2024 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U turinliklar safiga «Montsa»dan o'tgan edi. Gulelmo Vikario esa 2023 yildan beri «Tottenxem»da to'p suradi.

Manba: Stadion.uz