"Yuventus" va "PSJ" klubi Randal Kolo-Muani bo'yicha kelishuv narxini kelishib oldi.

Hujumchi "Yuventus"ga 5 mln evro evaziga ijara asosida o'tishi va bonuslarni hisobga olgan holda 55 mln evroga majburiy sotib olinishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.

Klublar o'rtasidagi muzokaralar rivojlangan bosqichda, ammo hozircha yakuniy kelishuvga erishilmagan - "PSJ" va "Yuventus" bonuslar tuzilmasi va sotib olish majburiyatini faollashtirish shartlarini muhokama qilmoqda.

Kolo-Muani o'tgan mavsumlarning ikkinchi yarmida "Yuventus"da ijara asosida o'ynagan. A Seriyaning 16 o'yinida frantsuz 8 ta gol urdi.