"Yuventus" va "Napoli" "Inter"ning qimmatbaho futbolchisi uchun APL klubi bilan kurash olib boradi

Milanning "Inter" klubi yarim himoyachisi Davide Frattezi qishki transferlar vaqtida klubini o'zgartirishi mumkin.
"Neradzurrilar" bosh murabbiyi Kristian Kivu joriy mavsumda birorta o'yinda xavbekni asosiy tarkibda maydonga tushirmadi, shu bois futbolchining ketishi haqidagi mish-mishlar yana dolzarb bo'lib qolmoqda. Jurnalist Ekrem Konurning ma'lum qilishicha, "Yuventus", "Napoli" va "Nyukasl" yanvar oyida 25 yoshli italiyalik futbolchi uchun kurashishga tayyor. "Inter" futbolchini sotish orqali kamida 45-50 mln evro ishlab olmoqchi.
Transfermarkt portali Davide Frattesining narxini 35 mln evroga baholamoqda. Yarim himoyachining milanliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.