«Yuventus» uchta futbolchini sotib olmoqchi

Turinning «Yuventus» klubi rahbariyati yozgi transfer oynasida jamoa tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «La Gazzetta dello Sport» jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «keksa sinora»ning qiziqishlari doirasida bir yo'la bir nechta futbolchi bor. Italiya grandi safini darvozabon Emiliano Martines («Aston Villa»), shuningdek, himoyachilar Kim Min Je («Bavariya») va Tariq Muharemovich («Sassuolo») to'ldirishi mumkin.
Italiya A Seriyasining o'tgan mavsumida Turin jamoasi 69 ochko jamg'arib, turnir jadvalida oltinchi o'rinni egalladi. «Keksa sinora» UEFA Evropa Ligasining keyingi mavsumida ishtirok etadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar