«Yuventus» Tyuramni ikki baravar foyda bilan sotishi mumkin

OAV ma'lumotlariga ko'ra, Kefren Tyuram yozda «Yuventus»ni boshqa jamoaga almashtirishi mumkin.
Futbolchining kelajagi turinliklarning A Seriyadagi natijalariga bog'liq. Agar klub Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kirita olmasa, o'yinchilarini sotishga majbur bo'ladi. Tyuram esa sotilish uchun asosiy nomzod hisoblanadi.
«Yuventus» futbolchini «Nitstsa»dan sotib olgan narxidan ikki baravar qimmatroqqa sotishi mumkin. Shuningdek, Per Kalyulyu va Gleyson Bremer ham jamoani tark etishi ehtimoli bor.