"Yuventus" "Siti" yulduzini nishonga oldi

«Yuventus» maydon markazini kuchaytirish rejalari ustida ishlamoqda. «Transfer News Live» nashrining «Calciomercato»ga tayanib xabar berishicha, Turin grandi Bernardu Silvani o'z safiga qo'shib olmoqchi. Portugaliyalik futbolchi yozda erkin agentga aylanishi mumkin — uning «Manchester Siti» bilan shartnomasi iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Avvalroq ham Silvaning «Yuventus»ga o'tishi borasida ko'plab mish-mishlar tarqalgan edi. Portugaliyalik yarim himoyachi 2017/2018 yilgi mavsumdan beri «Manchester Siti» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Shu yilning yozida Bernardu Silva 32 yoshni qarshi oladi.