«Yuventus» «Real» yulduzini o'z tomoniga og'dirib olmoqchi

«Real Madrid» yarim himoyachisi Braim Dias faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Marokashlik futbolchining xizmatlariga Turinning «Yuventus» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano o'z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
Diasning nomzodi turinliklar bosh murabbiyi Luchano Spallettiga shaxsan ma'qul kelmoqda. Biroq Braimning o'zi Madridda qolishni afzal ko'rmoqda.
Futbolchining kelajagi ko'p jihatdan Joze Mourinoga bog'liq bo'ladi. Agar portugaliyalik mutaxassis Diasga o'z rejalaridan joy ajratmasa, u holda yarim himoyachi Italiyaga yo'l oladi. Bordiyu «Real»ning yangi bosh murabbiyi marokashlik xavbekka ishonch bildirsa, u jamoada qoladi va asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashadi.
Manba: Stadion.uz