«Yuventus» «Real» futbolchisini tekinga qo'lga kiritmoqchi

Joriy mavsum yakunida Madridning «Real» klubini tark etishi kutilayotgan avstriyalik himoyachi David Alaba Italiya Seriya Asiga ko'chib o'tishi mumkin.
Deadlinedaylive akkauntining xabar berishicha, tajribali futbolchini Turinning «Yuventus» klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi. «Keksa sinora»ni Alabaning erkin agent sifatida tekinga o'tish imkoniyati o'ziga jalb qilmoqda.
33 yoshli avstriyalik futbolchi 2021 yil yozidan beri Madrid grandi sharafini himoya qilib kelmoqda. Davidning bozor qiymati 3,5 million evroga baholanmoqda. La Liganing joriy mavsumida Alaba «qaymoqranglilar» safida 9 ta o'yin o'tkazib, bitta sariq kartochka oldi.