"Yuventus" yarim himoyachi Ueston Makkenni bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

27 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi yarim yildan so'ng o'z nihoyasiga etadi. Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, "keksa sinora" rahbariyati Luchano Spalletti davrida almashtirib bo'lmas futbolchiga aylangan amerikalik bilan yangi shartnoma tuzish ustida ish olib bormoqda.

Avvalroq xavbekka "Atletiko", "Milan", "Roma", "Aston Villa", "Galatasaroy" va "Fenerbahche" kabi klublar qiziqish bildirgandi. Ueston Makkenni Transfermarkt portali mutaxassislari tomonidan 22 mln evroga baholanmoqda.

Joriy mavsumda yarim himoyachi 28 ta uchrashuvda 5 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.