"Yuventus" o'z yulduzi bilan kelishib oldi

"Yuventus" hujumkor yarim himoyachisi Kenan Yildiz klub bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo'ldi.
Tomonlar 2030 yilgacha mo'ljallangan kelishuv shartlari bo'yicha kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda jurnalist Ekrem Konur. 20 yoshli futbolchi taxminan 5 mln evro va bonuslar ishlab topadi. Istiqbolli turkiyalik futbolchiga Londonning "Chelsi" va "Arsenal" klublari qiziqish bildirayotgandi, ammo "keksa sinmora" yosh yulduzini bunga ko'ndira oldi.
Kenan Yildiz joriy mavsumda 8 ta bahsda 2 ta gol va 4 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini 75 mln evroga baholamoqda.