«Yuventus» o'z tarbiyalanuvchisi bilan yangi shartnoma imzoladi

Karlo Pinsolo «Yuventus» bilan shartnomasini uzaytirdi.
Turin klubi 35 yoshli darvozabon bilan yangi bitim imzolanganini e'lon qildi. Unga ko'ra, kelishuv 2027 yilning iyun oyiga qadar amal qiladi.
Pinsolo — «Yuventus» tarbiyalanuvchisi bo'lib, u 2000 yildan 2012 yilgacha klub tizimida bo'lgan va 2014 yilda yana jamoaga qaytgan. U «byankoneri»ning asosiy tarkibida jami 6 ta o'yin o'tkazgan, faoliyati davomida esa 5 marta boshqa klublarga ijaraga berilgan.