"Yuventus" o'z futbolchisini APL klubiga sotmadi

Nikolo Savona faoliyatini Premer-ligada davom ettirishi mumkin.
Janluka Di Martsio xabariga ko'ra, "Nottingem Forest" 22 yoshli himoyachi uchun "Yuventus"ga 11 million evro taklif qilgan. Turin klubi bu taklifni rad etdi va 18 million evro talab qilmoqda.
Inglizlar futbolchining o'zi bilan muzokara o'tkazmasdan oldin italiyaliklar bilan kelishuvga erishmoqchi.
O'tgan mavsumda Savona A Seriyada 28 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.