"Yuventus" "Nitstsa" hujumchisini sotib oladi

"Nitstsa"ning hujumkor yarim himoyachisi Jeremi Boga "Yuventus"ga o'tmoqda.
Kot-d′Ivuar terma jamoasining 29 yoshli futbolchisi allaqachon Turinga tibbiy ko'rikdan o'tish uchun etib kelgan. "Yuve" Bogani 5 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano.
Eslatib o'tamiz, 1 dekabr kuni "Nitstsa" muxlislari ketma-ket 6-mag'lubiyatdan so'ng futbolchilarga hujum qilgani ma'lum bo'ldi. Muxlislar Boga va Terem Moffini kaltaklab, haqorat qilishdi va ijtimoiy tarmoqlarda ikkalasi ham klubda boshqa o'ynamasligini aytishdi.
O'shandan beri Boganing o'zi maydonga tushmadi. U bu mavsumda Liga 1da 14ta o'yinda 2ta gol urdi va 2ta golli uzatmani amalga oshirdi.