"Yuventus"ning Tudorga nisbatan asosiy e'tirozlaridan biri ma'lum bo'ldi

Italiya matbuoti "Yuventus" bosh murabbiyi Igor Tudorning iste'fosini faol muhokama qilishda davom etmoqda.
Turinliklar ketma-ket ettita o'yindan beri g'alaba nimaligini bilmayapti, bu jamoa bilan 16 yildan beri sodir bo'lmagan. Bundan tashqari, bir necha bor xabar qilinganidek, hozirgi osh murabbiyi "keksa sinora" rahbariyati bilan yaxshi munosabatda emas. Jurnalist Romeo Agresti xabariga ko'ra, "Yuventus" bosslari Tudor o'tgan yozda shartnoma imzolagan yangi futbolchilarni o'z tizimiga etarlicha muvaffaqiyatli qo'sha olmayapti, deb hisoblamoqda. Klub yangi futbolchilarga katta mablag' sarfladi, shuning uchun mutaxassis ular atrofida jamoa tuza olishiga umid qilmoqda, bu esa hozircha kuzatilmayapti.