"Yuventus"ning moliyaviy firibgarlik ishi yakunlandi.

22 sentyabr kuni "Prisma" ishi deb atalmish ishga yakun yasaldi. “Yuventus”ning sobiq rahbarlari firibgarlik yo'li bilan kapital qo'lga kiritish va maoshlarni oshirib yozishda ayblangandi.

"Yuventus"ning sobiq rahbarlari aybni tan olish to'g'risida kelishuvga erishdilar va shartli qamoq jazosi va jarimaga tortildilar.

Klubning sobiq prezidenti Andrea Anelli bir yilu sakkiz oy, sobiq vitse-prezident Pavel Nedved bir yilu ikki oy, sobiq sport direktori Fabio Paratichi va bosh maslahatchi Chezare Gabazio bir yilu olti oy muddatga shartli qamoq jazosiga hukm qilindi.

"Yuventus"ning sobiq bosh direktori Mauritsio Arrivabenega nisbatan ochilgan ish tugatildi.

“Yuventus”ning o'zi 156 750 evro miqdorida jarimaga tortildi.