Turinning "Yuventus" klubi asosiy himoyachisi Gleyson Bremer chap tizzasi medial meniskidan jarohat oldi.

Keyingi bir necha soat ichida 28 yoshli markaziy himoyachi operatsiya qilinadi, deyiladi klub bayonotida.

Bremer joriy mavsumda "byankonerilar" safida jami 5 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.