«Yuventus» niderlandiyalik hujumchiga ko'z tikdi

Hujumchi Joshua Zirkze faoliyatini yana Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, turinliklar short-listidan niderlandiyalik futbolchi joy olgan. «Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti uzoq vaqtdan buyon forvardning o'yin uslubi va iste'dodini yuqori baholab keladi. «Manchester Yunayted» o'z futbolchisini 35–40 million evro evaziga sotishga tayyor, biroq ingliz klubi muzokaralarda turli variantlarni ham ko'rib chiqishga qarshi emas.
Ma'lumot uchun, Zirkzee 2024 yilda «Bolonya»dan 42 million evro evaziga «Manchester Yunayted» safiga ko'chib o'tgan edi. Uning «qizil iblislar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Hujumchi 2025/26 yilgi mavsumda ingliz klubi safida barcha turnirlarda 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar