«Yuventus» Niderlandiya terma jamoasi hujumchisini sotib olishi mumkin

«Sanderlend» va Niderlandiya terma jamoasi markaziy hujumchisi Brayan Brobbi «Yuventus»ning qiziqishlar doirasiga tushdi. Bu haqda TUTTOmercatoWEB xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Yuventus» 24 yoshli hujumchining transfer imkoniyatlarini o'rganmoqda, chunki klub Randal Kolo-Muaniga muqobil variantlarni ko'rib chiqyapti. Italiya grandi hali ham frantsuz futbolchisini asosiy maqsad deb hisoblamoqda, biroq «PSJ» bilan kelishuv amalga oshmasa, Brobbi uning o'rnini bosishga birinchi nomzoddir.
Brobbi joriy Jahon chempionatida o'zini yaxshi ko'rsata oldi. Niderlandiya terma jamoasi safida hujumchi to'rtta uchrashuvda uchta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Biroq jamoa musobaqani allaqachon tark etgan.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Brobbining bozor bahosi 30 million evroni tashkil etadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar