"Yuventus"ni boshqarishga asosiy nomzod nomi ma'lum bo'ldi

Dushanba kuni "Yuventus" matbuot xizmati Igor Tudor bosh murabbiylikdan iste'foga chiqarilganini e'lon qildi. Jurnalist Janluka di Martsioning ma'lum qilishicha, xorvatiyalik mutaxassis o'rniga asosiy nomzod Luchano Spalletti bo'lib turibdi.
Ma'lum bo'lishicha, tez orada "Yuventus" rahbariyati italiyalik mutaxassis bilan muzokaralarda faollashadi. Hozircha bosh murabbiy vazifasini Massimo Brambilla bajarib turadi.
Spallettining so'nggi ish joyi Italiya terma jamoasi bo'lib, u shu yilning iyun oyida u erni tark etgan. Bungacha 66 yoshli murabbiy "Napoli", "Inter", "Roma" va boshqa klublarni boshqargan.
"Yuventus" 12 ochko bilan A Seriya 8-pog'onasida bormoqda. Turinliklar ketma-ket sakkizta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti.