"Napoli" hujumchisi Lorentso Lukka "Yuventus"ga o'tmaydi. 25 yoshli futbolchi neapolliklarning asosiy tarkibiga kira olmayapti, shu bois mish-mishlar uni ehtimoliy transfer bilan bog'lamoqda.

Calciomercato xabariga ko'ra, hujumchi xizmati "Yuventus"ga taklif qilingan, ammo "keksa sinora" qiziqish bildirmagan. Bosh murabbiy Luchano Spalletti maydon markazi va himoyaning o'ng qanoti kuchaytirilishini istamoqda.

Lorentso Lukkaning narxi Transfermarkt ekspertlari tomonidan 25 mln evroga baholanmoqda. 

Joriy mavsumda italiyalik futbolchi barcha musobaqalarda Antonio Konte jamoasi safida 19 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga ikkita gol yozdirib qo'ydi.