"Yuventus" Menyan borasida qaror qabul qildi

Frantsuz darvozaboni Mayk Menyan"Milan"ni tark etib, boshqa klubga o'tishi mumkin.
Manbaning xabar berishicha, "Yuventus" darvozabon uchun kurashga qo'shildi. Menyanga "Chelsi" va "Bavariya" ham qiziqish bildirmoqda. Uning shartnomasi yozda tugaydi. Agar u shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilsa, istalgan klubga bepul transfer orqali o'tishi mumkin.
Menyan bu mavsumda "Milan" safida 12 ta o'yinda maydonga tushib, to'qqizta gol o'tkazib yubordi.