“Yuventus” “Liverpul” darvozaboni Alissonni qo'lga kirita olmaganidan so'ng o'z e'tiborini Emiliano Martines va Gulelmo Vikarioga qaratdi. Bu haqda La Gazzetto dello Sport nashri xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, “Aston Villa”da to'p surayotgan Martinesning shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi, uning maoshi yiliga 5 million evroni tashkil etadi. Bularning barchasi muzokaralarni murakkablashtirishi va transferni amalga oshirish ehtimolini kamaytirishi mumkin.

Turinliklar muqobil variant sifatida Vikarioni 20-25 million evro evaziga sotib olishi mumkin.

Manba: www.euro-football.ru