"Yuventus" "Manchester Yunayted" futbolchisini nishonga oldi

"Manchester Yunayted"ning o'ng qanot himoyachisi Nussair Mazraui "Yuventus"ning transfer qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
"Keksa sinora" allaqachon marokashlik futbolchi haqida ma'lumot so'ragan va transfer oynasining so'nggi kunlarida unga taklif bilan chiqishi mumkin, deb yozadi La Gazzetta dello Sport. 27 yoshli futbolchi mavsumoldi yig'inida olgan jarohati sabab joriy mavsum boshini o'tkazib yubormoqda.
Nussair Mazrauining "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, uning narxi 25 mln evroni tashkil qiladi.