«Yuventus» Lukumi bo'yicha muzokaralar o'tkazdi

«Bolonya» klubining 27 yoshli markaziy himoyachisi Jon Lukumi hamon «Yuventus»ning qiziqishlar doirasida bo'lib turibdi.
Taniqli jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, klublar kolumbiyalik futbolchining ehtimoliy transferini muhokama qilish uchun uchrashishgan, biroq tomonlar hali kelishuvga erishishdan ancha yiroq. Lukumi «Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spallettiga juda yoqadi, ammo ayni damda Turin klubi rahbariyati «Bolonya»ning talab qilayotgan summasini haddan tashqari yuqori deb hisoblamoqda.
Yakunlangan mavsumda Lukumi barcha turnirlarda jami 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Transfermarkt portali mutaxassislari himoyachining transfer bahosini 22 million evroga baholashmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar