«Bolonya» klubi va Kolumbiya milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Jon Lukumi «Yuventus»ning ustuvor transfer nishonlari qatorida qolmoqda.

Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, «keksa sinora» 28 yoshli futbolchi uchun 15 million evro hamda bonus tariqasida yana 3 million evro taklif qilgan, biroq «Bolonya» bu taklifga rad javobini bergan. «Rossoblu» rahbariyati futbolchining sotuvidan kamida 28 million evro ishlab olishni ko'zlamoqda.

Jon Lukumining amaldagi shartnomasi bir yildan so'ng yakuniga etadi, shu sababli «Yuventus» rahbariyati «Bolonya» baribir o'z moliyaviy talablarini pasaytirishini kutmoqda. Ortda qolgan mavsumda futbolchi A Seriya doirasida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ayni paytda bo'lib o'tayotgan JCh-2026 musobaqasida esa markaziy himoyachi Kolumbiya terma jamoasining guruh bosqichidagi barcha uchta o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Manba: Stadion.uz