"Yuventus" Randal Kolo-Muani o'rniga boshqa hujumchi bilan shartnoma imzolashi mumkin. Turinliklar frantsuzni qayta ijaraga olish ustida bir necha oydan beri ishlamoqda, ammo "PSJ" bilan kelisha olmayapti. Ko'rinib turibdiki, parijliklarni ishontirishning iloji bo'lmaydi, deb yozadi insayder Fabritsio Romano, ammo "keksa sinora"da muqobil variant bor. Sport Italia xabariga ko'ra, "Yuventus" allaqachon "RB Leyptsig" forvardi Lui Openda bilan shartnoma borasida kelishib olgan. Futbolchi transfer oynasi yopilgunga qadar, ya'ni yaqin soatlarda Italiya grandi safini to'ldirishga umid qilmoqda.

"Transfermarkt" portali ekspertlarining baholashicha, Lui Opendning narxi 50 mln evroni tashkil etadi. 25 yoshli futbolchi "RB Leyptsig" safida 93 ta o'yinda 41 ta gol urgan.