Turinning «Yuventus» klubi «PSJ»ning frantsuz hujumchisi Randal Kolo-Muanini sotib olmoqchi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaning ta'kidlashicha, Kolo-Muanining o'zi ham «Yuventus»ga o'tishni xohlamoqda, biroq hamma narsa Frantsiya chempionlarining pozitsiyasiga bog'liq bo'lib turibdi. «PSJ» 27 yoshli forvard uchun 40 million evro talab qilayotgan bo'lsa, Turin klubi transferni 30-35 million evro evaziga hal qilish niyatida.

Yakunlangan mavsumni Kolo-Muani ijara asosida «Tottenxem»da o'tkazdi. U ingliz klubi safida barcha turnirlarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Hujumchining «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Manba: Stadion.uz