«PSJ» hujumchisi Randal Kolo-Muani «Yuventus»ga qaytmoqda. Uzoq davom etgan muzokaralardan so'ng «keksa sinora» parijliklar bilan po'latdek kelishuvga erishdi, deb xabar beradi insayder Nikolo Skira.

Turinliklar 27 yoshli frantsuz futbolchisini 4 million evro evaziga ijaraga oladi. Shartnomada 46 million evroga keyinchalik sotib olish majburiyati ko'zda tutilgan bo'lib, undan 12 million evrosi mumkin bo'lgan bonuslardir. Majburiyat 2026/27 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra jamoa evrokuboklarga yo'llanmani qo'lga kiriggan taqdirda kuchga kiradi.

Kolo-Muanining «Yuventus» bilan shartnomasi 2031 yilgacha mo'ljallanadi. Eslatib o'tamiz, frantsuz hujumchisi ilgari 2025 yilning birinchi yarmida «byankoneri» sharafini himoya qilgan, o'tgan mavsumni esa «Tottenxem»da ijarada o'tkazgan edi.

Manba: Stadion.uz