«Yuventus» Kolo Muani transferi bo'yicha taklifini oshirdi

Italiyaning «Yuventus» klubi 27 yoshli hujumchi Randal Kolo Muani transferi bo'yicha Frantsiyaning «Pari Sen-Jermen» klubiga berilgan taklif summasini oshirdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.
«Yuventus» Turinga o'tishni xohlayotgan va klub bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan shartnomani kelishib olgan Randal Kolo Muanini o'z safiga qo'shib olish uchun «PSJ»ga taklifini 40 million evrogacha oshirdi. Endi «byankoneri» Parij klubining javobini kutmoqda», — deb yozdi Skira.
Avvalroq «Pari Sen-Jermen» Turin klubining 30 million evrolik dastlabki taklifini rad etgani haqida xabar berilgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar