«PSJ» hujumchisi Randal Kolo-Muanining «Yuventus»ga bo'lishi mumkin bo'lgan transferi tafsilotlari haqida batafsil ma'lumotlar paydo bo'ldi.

«Tuttosport» nashrining ta'kidlashicha, Italiya grandi 27 yoshli frantsiyalik futbolchi bilan mehnat shartnomasini kelishib olgan. Aytilishicha, transfer amalga oshgan taqdirda Kolo-Muani yiliga besh million evro maosh va bonuslar ko'zda tutilgan besh yillik shartnomaga imzo chekadi.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Yuventus» va «PSJ» o'rtasidagi kelishuv ham uzoqda emas. Parijliklik hamon 40 million evro talab qilishda davom etmoqda, turinliklar esa faqat 35 million taklif qilmoqda. Shunga qaramay, «Yuventus» optimizmni saqlab qolmoqda.

Ortda qolgan mavsumda Kolo-Muani ijara asosida «Tottenxem»da to'p surdi. Jamoa libosida u 41 ta o'yinda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz