Lissabonning «Sporting» klubi chap qanot himoyachisi Maksimiliano Arauxo «Yuventus»ning qiziqishlari doirasiga tushdi.

Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, «keksa sinora» vakillari lateralning «Sporting» va Urugvay terma jamoasidagi ishtirokini kuzatib borishmoqda. 26 yoshli futbolchida «Barselona» va Evropaning boshqa grandlari bilan nomi tilga olinayotgan Andrea Kambyaconing ehtimoliy o'rinbosarini ko'rishmoqda.

Transfermarkt saytida Maksimiliano Arauxoning baholangan qiymati 25 mln evroni tashkil etadi. Futbolchi joriy mavsumda lissabonliklar safida 35 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga oltita gol va to'rtta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.