«Yuventus» Kaluluni saqlab qolmoqchi, ammo «MYu»...

«Yuventus» Per Kalulu bilan shartnomani uzaytirishga intilmoqda.
«Corriere dello Sport» xabariga ko'ra, turinliklar himoyachi bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan, yana bir mavsumga uzaytirish optsiyasiga ega shartnoma imzolashni istashmoqda. Hozirgi kelishuv 2029 yilda o'z nihoyasiga etadi.
Hozirda frantsiyalik futbolchi yiliga taxminan 2,5 million evro maosh oladi. U yiliga 4 million evro va bonuslar ishlab topishni xohlaydi, «byankonerilar» esa uni 3,5 million evro (bonuslar bilan birga) miqdoridagi maoshga ko'ndirishni reja qilishgan.
Shu bilan birga, Kaluluni «Manchester Yunayted» ham kuzatmoqda. Mankunianliklar «Yuventus»ning «Milan»ga qarshi so'nggi o'yiniga skautlarini yuborishgan va ular o'yin haqida ijobiy fikrda qolishgan. Garchi turinliklar himoyachi uchun kamida 40 million evro so'rasa-da, «MYu» uni sotib olishga urinib ko'rishi mumkin.