"Yuventus" Jegrova bilan kelishib oldi

Turinning "Yuventus" klubi "Lill" vingeri transferini amalga oshirishga yaqin turibdi.
Fabritsio Romano xabariga ko'ra, "byankonerilar" 26 yoshli Edon Jegrova bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi.
Endi turinliklar hozirda Transfermarkt portalida 25 million evroga baholanayotgan kosovolikning transferi bo'yicha "Lill" bilan kelishib olishi kerak.