"Yuventus" Jaka transferi uchun qancha sarflashga tayyorligi ma'lum bo'ldi

"Sanderlend" etakchisi Granit Jaka faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, turinliklar yanvar oyida 33 yoshli shveytsariyalik futbolchini sotib olmoqchi. "Byankonerilar" bu transfer uchun 15 million evro sarflashga tayyor.
Jaka joriy mavsumda 11 ta o'yinda 1 ta gol urib, 3 ta assist amalga oshirdi.