"Yuventus" ingliz klubidan kelgan taklifga rozi bo'lmadi

"Nottingem Forest" o'ng qanot himoyachisi Nikolo Savon borasida "Yuventus" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Chorshanba kuni klublar yangi muzokaralar o'tkazgandi, ular ijobiy bo'ldi. Jurnalist Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, "o'rmonchilar" 16 million evro taklif qilgan, shundan 3,5 millioni bonuslardir.
Tomonlar kelishuvga yaqinroq, ammo "keksa sinyora" hali ham kelisha olmadi, chunki ular 22 yoshli futbolchi uchun 18-20 million evro ishlab olishni rejalashtirishgan. Yaqin kelajakda muzokaralar davom etadi.