«Yuventus» ikki muhim kelishuvni yopishga yaqin turibdi

«Yuventus» yaqin vaqt ichida bosh murabbiy Luchano Spalletti va hujumchi Dushan Vlaxovich bilan shartnomalarni uzaytirishdan umidvor.
Jurnalist Nikolo Skiraning yangilangan hisobotida xabar berishicha, agar «keksa sinora»ning rejasi bo'yicha ketsa, har ikkala kelishuv yaqin kunlarda imzolanadi. Turin klubi bu borada hech qanday muammo yuzaga kelmasligiga ishonchi komil. Italiyalik mutaxassis va serbiyalik forvard 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnomalarga qo'l qo'yishadi. Spallettiga yiliga 6 million evro maosh taklif qilingan, Vlaxovichga esa yiliga 7 million evro va salmoqli miqdordagi imzo bonusi to'lanishiga tayyor turishibdi.
«Yuventus»ning navbatdagi o'yini 6 aprel kuni bo'lib o'tadi — jamoa «Jenoa»ga qarshi maydonga tushadi. «Byankoneri» 30 turdan keyin A Seriya turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turibdi.