Matbuotda Rossiya Premer-ligasi klublaridan biri "Yuventus" hujumchisi Arkadiush Milikka taklif bilan chiqqani haqida xabarlar paydo bo'ldi.

Euro-Football.Ru internet nashrining ma'lum qilishicha, "Spartak" 31 yoshli polshalik futbolchiga qiziqish bildirgan.

Milikning Turindagi amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.