«Atalanta»ning chap qanot himoyachisi Lorentso Bernaskoni faoliyatini «Yuventus»da davom ettirishi mumkin.

«Keksa sinora» skautlari 22 yoshli futbolchini Italiya Kubogi yarim finali doirasidagi «Latsio»ga qarshi kechgan yaqindagi o'yinda kuzatishdi, deb xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira. Turin grandi yosh italiyalikni o'zlarining ustuvor transfer maqsadlaridan biri deb hisoblamoqda. «Atalanta» lateralning narxini 25 million evroga baholamoqda.

Lorentso Bernaskoni joriy mavsumda Bergamo jamoasi safida 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 3 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. «Atalanta»ning porlayotgan yulduzi bilan amaldagi shartnoma 2028 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.