Nikolo Savona faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettiradi.

Jurnalist Janluka Di Martsioning ma'lum qilishicha, "Yuventus" "Nottingem Forest"ga himoyachisini sotishga rozi bo'lgan. Turinliklar bonuslar bilan birga 15 mln evro oladi.

"Byankonerilar" bosh direktori Damen Komolli Sky Sport Italia efirida kelishuv borligini tasdiqladi.

"Yuventus" tarbiyalanuvchisi o'tgan mavsum A Seriyada 28ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urgan.