Himoyachi Federiko Gatti shu yozda «Yuventus»ni tark etishi mumkin.

Corriere dello Sport nashrining ma'lumotlariga ko'ra, Turin klubi allaqachon 27 yoshli futbolchining o'rniga nomzodlarni ko'rib chiqmoqda. Himoyachini o'z safiga qo'shib olishga Angliya Premer-ligasi jamoalari qiziqish bildirmoqda. «Yuventus» Gattini taxminan 20 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.

Federiko Gatti 2022 yilda «Frozinone»dan «Yuventus» safiga 9 million evro evaziga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi Turin klubi tarkibida barcha turnirlarda 23 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Transfermarkt portali Gattining bozor qiymatini 16 million evroga baholamoqda.