"Yuventus" markaziy himoyachisi Per Kalyulyu Angliya Premer-ligasiga yo'l olishi mumkin, chunki Premer-liganing ikki klubi futbolchiga qiziqish bildirgan, deya xabar beradi Tutto Juve.

Manbaga ko'ra, "Tottenxem" va "Nyukasl" frantsuz futbolchisini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Ushbu klublar qishki transfer oynasida Turin klubiga rasmiy takliflar berishlari mumkin.

Kelishuv qiymati taxminan 30 million evro bo'lishi kutilmoqda.