Menisk jarohati tufayli noma'lum muddatga safdan chiqqan "Yuventus" markaziy himoyachisi Gleyson Bremer tizzasidan operatsiya qilindi. Bu haqda Turin jamoasi matbuot xizmati xabar berdi.

"Gleyson Bremerga chap tizza medial meniskining artroskopik selektiv meniskektomiyasi amalga oshirildi. Protsedura muvaffaqiyatli o'tdi. Yaqin kunlarda futbolchi reabilitatsiyaga kirishadi," - deyiladi klub rasmiy bayonotida.

Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi barcha musobaqalarda beshta o'yinda maydonga tushib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

"Yuventus" A Seriya turnir jadvalida 12 ochko bilan beshinchi o'rinda bormoqda.