"Yuventus" himoyachisi jarohat sabab bir necha haftani o'tkazib yuboradi

"Yuventus" himoyachisi Xuan Kabal o'ng sonining ikki boshli mushagidan jarohat oldi, deya xabar berdi klub matbuot xizmati.
24 yoshli kolumbiyalik futbolchi Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 2-turidan o'rin olgan "Vilyarreal"ga (2:2) qarshi o'yinda jarohat olgan edi.
Ikki haftadan so'ng futbolchi tiklanish muddatini aniqroq belgilash uchun qo'shimcha tekshiruvlardan o'tishi rejalashtirilgan. La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, himoyachi kamida 6 haftaga safdan chiqqan.
Kabal yaqinda 2024 yilda xochsimon bog'lamlari jarohatidan tuzalib safga qaytgandi. 2025/26 yilgi mavsumda 3 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Uning "Yuventus" bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.