"Yuventus" markaziy himoyachisi Daniel Rugani faoliyatini A Seriyaning boshqa bir jamoasida davom ettirishi mumkin.

Nikolo Skira xabariga ko'ra, 31 yoshli italiyalikni ijaraga olish bo'yicha "Fiorentina" ish boshladi.

Rugani bu mavsumda 8 ta o'yinda ishtirok etdi. Uning shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan.