"Yuventus" Marko Ottolini klubning yangi sport direktori etib tayinlanganini e'lon qildi.

Avvalroq, 45 yoshli italiyalik funktsioner 2018-2022 yillarda Turin klubida ishlagan edi. U skaut va ijara bo'yicha direktor edi.

Ottolining so'nggi ish joyi "Jenoa" bo'lib, u erda 2022-2025 yillarda sport direktori lavozimida ishlagan.

"Yuventus" 17-turdan keyin 32 ochko bilan Italiya A Seriyasi turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.