"Yuventus"ga frantsuz futbolchisi kerak

Corrierra dello Sport nashrining xabar berishicha, "Lill" markaziy yarim himoyachisi Ayub Buaddi faoliyatini Italiyaning "Yuventus" klubida davom ettirishi mumkin.
Manbaning xabar berishicha, "Yuventus" 18 yoshli frantsuz yarim himoyachisini sotib olishni ko'rib chiqmoqda, ammo klub 40 million evrolik narxdan xavotirda.
Biroq, Buaddi "Yuventus" tomonidan yuqori baholanadi va uning o'yin uslubi Adrien Rabonikiga taqqoslanadi.