«Yuventus» g'alabasiz seriya bo'yicha 2009 yildan buyon eng yomon natijasini qayd etdi

"Yuventus" o'tgan o'n yillikdagi eng yomon natijani qayd etmoqda.
Igor Tudor jamoasi Chempionlar ligasida "Real"ga yutqazdi - 0:1. Uning g'alabasiz seriyasi davom etmoqda - endi u beshta durang va ikkita mag'lubiyatni o'z ichiga oladi.
Oxirgi marta "Yuventus" 2009 yil bahorida 7 o'yinda biror marta g'alaba qozona olmagandi. O'sha mavsum Klaudio Ranerining ishdan bo'shatilishi bilan yakunlandi.
26 oktyabr kuni "Yuventus" Italiya chempionatining 8-turida "Latsio" mehmoni bo'ladi.