"Yuventus" matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, himoyachi Daniele Rugani o'ng oyog'i boldir mushagining ichki qismini shikastlab oldi.

Qayta ko'rik 10 kundan keyin o'tkazilib, tiklanish muddatlari aniqlanadi.

Rugani "Roma"ga qarshi o'yinda (2:1) jarohat olgan.

Sky Sport xabariga ko'ra, himoyachi kamida 6 hafta maydonga tusha olmaydi.