"Fiorentina"ning 19 yoshli himoyachisi Nikkolo Fortini Turinning "Yuventus" klubi qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi. Bu haqda Football-Italia jurnalistlari xabar bermoqda.

Istiqbolli futbolchining transfer narxi 15 million evroga baholanmoqda. "Keksa sinora" Fortini transferiga o'z futbolchilaridan biri - Daniele Rugani yoki Federiko Gattini qo'shmoqchi.

Fortini Italiya A Seriyasining joriy mavsumida 14 ta o'yinda ishtirok etdi.